Andrey Fyodorov: "Chempion sifatida mavsumni yuqori notada yakunlash juda muhim edi"

Narzulla Saydullayev
30 noya 2018, 21:47
“Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirdi:

- Birinchi galda “Navbahor” jamoasini qo'lga kiritilgan bronza medallari bilan tabriklayman. Jamoa ancha paytdan buyon sovrindorlar qatoridan o'rin ololmayotgan edi. Shu sababdan ushbu muvaffaqiyat jamoa uchun oldinga tashlangan katta qadam, deya olaman. 

O'yin to'g'risida gapirsam, “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda ancha kuch sarflagan edik. Shu sababdan asosiy tarkibning aksariyat a'zolari charchoq yoki kichik jarohatlar sabab Namanganga kela olishmadi. Bugun maydonga tushgan yigitlar esa boshqalarning yo'qligini bildirishmadi. Ular maydonda ajoyib xarakater namoyish etishdi. Zero chempion sifatida mavsumni yuqori notada yakunlash juda muhim edi, - dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz