Andrey Shevchenko: "Inzagini muvaffaqiyatli murabbiylik faoliyati kutyapti degan umiddaman"

Tolibjon Qosimov
2 sen 2014, 16:03
"Milan"ning sobiq hujumchisi Andrey Shevchenko, milanliklarning yangi bosh murabbiyi Filippo Inzagi murabbiylik faoliyatida muvaffaqiyatga erishishiga umid qilmoqda.
"U mavsumning ikkinchi qismida ko'p ochko yig'di. U o'zini yangi rolda sinab ko'rib tavakkalga qo'l urdi va bir qadam oldinga tashladi. Bu tajriba unga kelajakda kerak bo'ladi. Inzagiga keladigan bo'lsak, u bu mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashiga umid qilaman. U "San-Siro"ni larzaga solib, mavsumni yaxshi boshladi. Inzagi jamoani muvaffaqiyatga olib borishi uchun bilimi etadi. Unda ajoyib murabbiylik faoliyati bo'lishiga ishonaman" - deydi Shevchenko.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru