
"U mavsumning ikkinchi qismida ko'p ochko yig'di. U o'zini yangi rolda sinab ko'rib tavakkalga qo'l urdi va bir qadam oldinga tashladi. Bu tajriba unga kelajakda kerak bo'ladi. Inzagiga keladigan bo'lsak, u bu mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashiga umid qilaman. U "San-Siro"ni larzaga solib, mavsumni yaxshi boshladi. Inzagi jamoani muvaffaqiyatga olib borishi uchun bilimi etadi. Unda ajoyib murabbiylik faoliyati bo'lishiga ishonaman" - deydi Shevchenko.