

Uchrashuvda zaxiradan maydonga tushirilgan tojikistonlik hujumchi Shaxrom Samiev ikkinchi golga mualliflik qildi va chempionatimizdagi gollari hisobini ochdi. Futbolchi Andijon matbuot xizmatiga o'z fikrlarini aytib o'tdi.
- Shaxrom, Lokomotivga qarshi bahs to'g'risida nima deya olasiz?
- O'yin yaxshi va emociyalarga boy tarzda o'tdi. Jamoadoshlarimga rahmat, oxirigacha hisobni ushlab turishdi va muxlislarga katta rahmat. Ular eng zo'ri!
- Andijon safidagi birinchi golingizni urdingiz. Hissiyotlar qanday?
- G'alabadan juda mamnunman. Jamoaning yutuqlariga o'z hissamni qo'shganimdan xursandman va bizda ahil bir oila mujassam.
- Zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytirishda hissa qo'shyapsiz va gol uryapsiz. Sizni yashirin qurol deb atasak bo'ladimi?
- Nima desam ekan, men doim jamoaga yordam berishga tayyorman. Asosiy tarkibdami yo zaxiradanmi, farqi yo'q. Yashirin qurol haqida hech narsa deya olmayman (kuladi).
- Golingizni kimga bag'ishladingiz?
- Golni bizni ziga zaga, olg'a Andijon, deb qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga bag'ishlayman.



