Andijon - Orol. O'yinoldi yig'ilish bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2018, 16:57
Andijon - Orol o'yinidan avval uchrashuv komissari va har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda o'yindan avval, o'yin paytida va uchrashuvdan so'ng qilinishi lozim bo'lgan jihatlarga Baxtiyor Namozov to'xtalib o'tdi. Shuningdek ushbu o'yinoldi yig'ilishda jamoalarning qanday rangli libosda xarakat qilishiga ham oydinlik kiritildi.

Unga ko'ra, mezbonlar oq, mehmon jamoa esa ko'k rangli libosda o'ynaydigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, PRO-Liganing 13-turidan o'rin olgan Andijon - Orol bahsi Sog'lom avlod stadionida soat 18:00 da boshlanadi.

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати