Anchelotti Real Madrid prezidenti Peresni Chempionlar ligasi finaliga chiqqanidan keyin maqtadi
Khoja
10 may 2024, 10:20
Real Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi finaliga chiqqanidan so'ng klub prezidenti Florentino Peres haqida gapirdi.
Bizning jamoada kapitan bor, u - Florentino Peres. Qolganlar esa dengizchilar. U shunday ajoyib avlodni yetishtirib chiqardi. Umid qilamanki, biz navbatdagi chempionlik orqali unga minnatdorchilik bildira olamiz, - dedi Anchelotti.