

Ikki tomonlama mashg'ulot o'yinida fransiyalik futbolchi juda qo'pol o'ynadi: Avvaliga u yarim himoyachi Duglas Kostaga nisbatan qo'pollik ishlatdi, keyin navbat Tomas Myuller va Arturo Vidallarga etib keldi. Anchelotti Riberini yoniga chaqirib, undan agressiv o'yinni kamaytirishni so'radi. Ularning o'rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi, ammo unga Myuller aralashib janjalni to'xtatdi.

