Anchelotti mashg'ulotdagi qo'pol o'yini uchun Riberini tanqid qildi

Aslanov Jasurbek
11 may 2017, 10:59
"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning so'nggi mashg'ulotida yarim himoyachi Frank Riberining harakatlaridan qoniqmadi.

Ikki tomonlama mashg'ulot o'yinida fransiyalik futbolchi juda qo'pol o'ynadi: Avvaliga u yarim himoyachi Duglas Kostaga nisbatan qo'pollik ishlatdi, keyin navbat Tomas Myuller va Arturo Vidallarga etib keldi. Anchelotti Riberini yoniga chaqirib, undan agressiv o'yinni kamaytirishni so'radi. Ularning o'rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi, ammo unga Myuller aralashib janjalni to'xtatdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild