Anchelotti: "Leyptsig"ning hujum chizig'i juda xavfli"

Narzulla Saydullayev
14 sen 2022, 11:51
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti YCHL 2-turi doirasidagi "Leyptsig"ga qarshi bahsdan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu juda muhim o'yin. "Leyptsig" mavsum boshini yaxshi o'tkazmadi, ammo o'tgan haftada "Borussiya"ni mag'lub etdi (3:0). Ularda ajoyib jamoa bor, futbolchilari texnikasi yuqori va tezkor. G'alaba uchun juda yaxshi o'ynashimiz kerak. "Leyptsig"ning hujum chizig'i juda xavfli. Nkunku ajoyib futbolchi. O'tgan mavsumda u namoyish etgan o'yinlariga qarang!", – dedi Anchelotti UEFA rasmiy saytiga.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com