Anchelotti "Gerta" muxlislariga ko'rsatgan ishorasi uchun 7-10 ming evro jarima to'lashi mumkin

Aslanov Jasurbek
21 fev 2017, 10:37
"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Gerta"ga qarshi Bundesliganing 21-tur uchrashuvidan so'ng raqib muxlislariga ko'rsatgan ishorasi uchun 7-10 ming evro jarima to'lashi mumkin.

1:1 hisobida yakunlangan o'yindan so'ng, italiyalik mutaxassis muxlislarga barmog'ini ko'rsatdi. Anchelottining so'zlariga ko'ra, muxlislar unga tupurgani tufayli u shu ishni bajargan. Voqea ko'plab muhokamalarga sabab bo'ldi va Bundesliganing bazi murabbiylari bu borada o'z fikrlarini bildirishdi. Aksariyat mutaxassislar Anchelottini qo'llab-quvvatladi.

Bu ish bo'yicha qaror nemis futbol ittifoqi tomonidan chiqarilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild