Anchelotti durangdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
28 yanv 2021, 09:39
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Lester"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Men durangdan qoniqdim. O'yin yakunida g'alabani ilib ketish uchun imkoniyat bo'lgandi, ammo umuman oladigan bo'lsak natija adolatdan bo'ldi. Biz bir ochko ishlab oldik va bu yaxshi. 

"Lester"da yaxshi jamoa bor. Ammo biz yaxshi himoyalana oldik. To'g'ri yo'ldan ketmoqdamiz. 

Xames? So'nggi marotaba u qachon o'ng oyog'i bilan gol urganini eslay olmayapman. Bu kutilmagan va ajoyib ish bo'ldi", - dedi Anchelotti. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC