

"Dunyoning eng kuchli 3 darvozaboni? Qiyin savol. Hozirda ajoyib darvozabonlar ko'p. Allison, ter Shtegen va Oblaklarni aytishim mumkin. Buffon? U ajoyib darvozabon va inson. U haligacha yaxshi formada. Biz hammamiz uning qaytganidan mamnunmiz. Men uchun u bilan yana bir yilni bitta jamoada o'tkazish g'ururdir", - deydi Voycex Shesni.
Qayd etish kerakki, polyak noma'lum sabablarga ko'ra jamoadoshi Janluiji Buffonni bu ro'yxatga kiritmadi.
Eslatib o'tamiz, Polsha terma jamoasi posboni "Yuventus"ga 2017 yilda Londonning "Arsenal" klubidan o'tgan edi.



