Ana xolos! "Lion" futbolchisi Saudiya 1-divizioni jamoasiga o'tmoqda

Tolibjon Qosimov
29 yanv 2025, 15:36
Saudiya Arabistonining yetakchi klublari oxirgi yillarda Top-5 chempionatdan ko'plab futbolchilarni sotib olishmoqda.

Endi esa Saudiya 1-divizionida harakat qiluvchi "Neom SK" ham Yevropa bozoriga chiqmoqda.

Taniqli insayder Janluka Di Marcio jamoasida ishlovchi jurnalist Luka Bendonining xabar berishicha, "Lion" vingeri Said Benrahma "Neom SK" bilan shartnoma imzolaydi.

Futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi. "Neom" klubi Benrahma uchun "Lion"ga 12 mln evro naqd to'laydi + turli bonuslar bilan yana 3 mln to'lanishi mumkin.


Ma'lumot uchun, Said Benrahma joriy mavsum "Lion" tarkibida barcha musobaqalarda 22ta o'yin o'tkazib, 3ta gol urgan va 6ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/LucaBendoni