Amorim "Manchester Yunayted"ning qishki transfer bozoridagi poziciyasini ochiqladi

Sherzod Nurmatov
23 dek 2025, 18:08
1 yanvar kuni Yevropaning yetakchi ligalarida qishki transfer oynasi ochiladi.

Ayrim klublar vazmin harakat qiladi, bazilari esa "Liverpul" kabi shoshilinch qarorlar qabul qilishga majbur bo'ladi. "Manchester Yunayted"da qishki bozor qanday o'tishi haqida jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim so'zlab berdi.

Portugaliyalik mutaxassis OAVda avval paydo bo'lgan ma'lumotlarni tasdiqladi: tarkibdagi bo'shliqlarni shoshilinch yopish uchun hech qanday tezkor harakatlar bo'lmaydi - har bir transfer kelajakka qaratilgan bo'lishi kerak.

"Biz faqat jamoaning kelajakdagi bir qismiga aylanadigan futbolchilarni taklif qilishga harakat qilamiz. Bu kimnidir zudlik bilan qutqarish yoki Afrika Millatlari Kubogi sabab 3 nafar yo'qotish o'rnini to'ldirish uchun transfer qilinmaydi. Bunday bo'lmaydi.

Bir futbolchini sotib olishga urinsak, ehtimol, u hozir bizga eng zarur bo'lgan poziciya uchun bo'lib chiqmas. Biz hozir ham, mavsum oxirida ham jamoamiz kelajagiga ideal mos keladigan futbolchilarni olib kelishga intilamiz.

Shuning uchun nima bo'lishini aniq bilmayman, ammo nimadir qilish imkoniyatini ham istisno etmayman", – dedi Amorim.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News