Amir To'raqulov: "Ishonch, umid, muhabbat" iborasi jamoamiz shioriga aylangan"

Sherzod Nurmatov
29 sen 2025, 13:24
Superliga 23-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Bunyodkor" (2:2) o'yinidan so'ng poytaxt jamoasi yarim himoyachisi Amir To'raqulov uchrashuv haqidagi bir nechta savollarga javob qaytardi.

- Uchrashuv haqida. Jamoa unga qanday tayyorgarlik ko'rgandi, raqibdan nimalar kutilgandi?

- Uchrashuvga juda jiddiy yondashdik, raqibning kuchli va zaif tomonlarini chuqur tahlil qildik. O'yin oson kechmasligini bilardik. Borimizni berishga harakat qildik, ammo omad kulib boqmadi.

- Uchrashuv qanday o'tdi? Nima ish berdi, nima o'xshamadi?

- O'yin keskin o'tdi. Birinchi bo'limda rejamizni amalga oshirishga muvaffaq bo'ldik. Ammo tanaffusdan so'ng tashabbusni raqibga berib qo'ydik va keyin o'zimizga kelib oldik. Ikkinchi golni urib, qaytish qila oldik.

- Golingiz chiroyli chiqdi. O'sha paytda nimani o'ylab turgandingiz? Uni kimga bag'ishladingiz?

- Tabrik uchun rahmat. To'p darvoza kirganida cheksiz quvonch va hayajon his etdim. Bu gol jamoaga qo'l kelishi haqida o'yladim.

- Golni nishonlash paytida salto qildingiz. Bu o'z-o'zidan qabul qilingan qarormi yoki rejalashtirilganmidi?

- Yo'q, rejalashtirilgan edi. "Buxoro"ga gol urganimdan keyin salto otmoqchi edim, ammo bu amalga oshmagandi. Shunday qilib, gol urishimga ishonchim komil edi, qulay paytni kutdim va shu tarzda nishonlashga tayyorlandim.

- "Bunyodkor" ko'pincha xarakter ko'rsatib, so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatlardan qutulib qoladi. Buni qanday uddalaysizlar?

- Ilyos Zeytullaev doim oxirigacha o'ynash kerakligini aytadi. Uning bizning shiorimizga aylangan uchta so'zi bor: ishonch, umid va muhabbat. Ular bizga oxirgi soniyalargacha kurashishda yordam beradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia