Alonso "Atletiko"ga qarshi o'yinda o'ynamaydi

6 dek 2016, 16:29
"Bavariya" jamoasi yarim himoyachisi Xabi Alonso bugungi YCHL doirasidagi "Atletiko" bilan bo'ladigan bellashuvni o'tkazib yuboradi, deya xabar bermoqda "Sky" kanali.


Karlo Anchelotti Xabi Alonsoni asrash maqsadida bugungi natija jihatdan muhim bo'lmagan uchrashuvda Alonsoning xizmatlaridan foydalanmoqchi emas. Sababi, "Bavariya" o'z uyida kechadigan o'yinda g'alaba qozongan taqdirda ham guruhda ikkinchi o'rinni egallaydi.

Eslatib o'tamiz, ushbu "kvartet"da "Atletiko" hamda "Bavariya" jamoalari muddatidan oldin pley-off yo'llanmasini hal etib qo'yishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky