Allegri Ronalduning qaytganidan xursand, lekin…

Eldor Akmurzayev
9 apr 2019, 23:23
Yuventus bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoaning YCHLning chorak final Ayaksga qarshi uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko'rayotgani haqida aytdi.

“Ertaga Atletiko bilan o'yindagidan ko'ra, ishonchliroq va hujumkor futbol ko'rsatishimiz zarur bo'ladi. Sababi, mexmondagi o'yinni golsiz o'tkazish haqida o'ylamasligimiz kerak. To'g'ri Atletiko bilan birinchi uchrashuvdagi qoniqarsiz natijani yo'qqa chiqara oldik. Biroq, bunday holatlar har safar ham bo'lavermaydi. Agar hammasi yaxshi bo'lsa, Ronaldu maydonga tushadi. Kellini va Janning yo'qligidan afsusdaman. Asosiysi Duglas Kosta qaytdi va Paulo Dibala mashg'ulotlarni yaxshi qatnashdi. Rugani himoyaning markazida o'ynaydi. Bu uning uchun yaxshi imkoniyat bo'ladi. Albatta, Ayaks Atletikoga o'xshamaydi. Amstyerdamliklar ochiq futbolni xush ko'radi. Shu sababli himoyada yaxshi harakat qilishga harakat qilamiz”, – deydi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Footbal Italia