

"Dibalaning transfer bahosi men uchun muhim emas. Men tarkibni futbolchilarning transfer bahosiga qarab tuzmayman. Masalan kimdir 3 million evro tursa ham 40 million evrolik futbolchidan yaxshi o'ynashi mumkin. Murabbiylar natija uchun javob berishadi. Dibala juda yaxshi futbolchi. Biroq u hali o'yinini yanada kuchaytirishi lozim. Dibala kelajakda jda kuchli futbolchi bo'lib yetishishi mumkin", - deydi Allegri.



