Allegri: "Chempionlar ligasini yutish uchun "Yuventus"da yaxshi imkoniyat bor"

Aslanov Jasurbek
16 may 2015, 12:43
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Inter"ga qarshi Italiya chempionati 36-tur uchrashuvi oldidan Berlinda bo'lib o'tadigan "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasi finali haqida o'ylashga erta ekanligi haqida ta'kidladi.

"Hammasining o'z vaqti bor. Avvaliga "Inter"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rish kerak. Keyin esa "Lacio"ga qarshi Italiya Kubogi finaliga tayyorgarlik ko'ramiz. Keyinroq esa "Napoli" bilan o'yin bor. A Seriya chempionligi munosabati bilan bayram uyushtiramizmi, yo'qmi, bilmayman. Ushbu bahslar tugaganidan so'ng biroz dam olib, Chempionlar ligasi finaliga tayyorgarlikni boshlaymiz.

"Barselona"ga qarshi o'yindan oldin kuchni tejash lozim. Bu final va ushbu o'yinda raqibimiz juda kuchli ekanligini bilamiz. Chempionlar ligasi finali hech qachon oson g'alaba bilan tugagan emas. Final 6 iyunda bo'lib o'tadi va bu sanani oldinroqqa sura olmaymiz" - deydi Allegri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com