Alkantara: "Jonas - "Benfika"ning muhim futbolchisi, ammo o'ynamasligi achinarli"

Aslanov Jasurbek
13 apr 2016, 15:55
"Bavariya" yarim himoyachisi Tyago Alkantara "Benfika"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"To'pga ko'proq egalik qilsak ketma-ket beshinchi marotaba yarim finalga chiqamiz. Uchrashuv 0:0 hisobidan boshlanadi va unda favoritlar yo'q. Hujumchi Jonas - "Benfika"ning muhim futbolchisi. Afsuski u maydonga tusha olmaydi.

Uning o'rnini kim egallashi muhim emas, ammo bu futbolchi borini berib harakat qiladi, chunki o'rtada yarim final uchun yo'llanma turibdi. Stadion to'ladi. Bu "Benfika"ga yordam berishi mumkin" - deydi Alkantara.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com