Tyago Alkantara Kataloniyaga qaytishi mumkin

Khoja
17 may 2024
Kataloniyaning Jirona jamoasi yozda tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan.

Jamoa yozda Liverpulni tark etishi kutilayotgan Tyago Alkantara bilan shartnoma tuzishni reja qilgan. Jirona allaqachon futbolchining vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Tyago Alkantaraning o'zi ham Ispaniyaga qaytishga qarshi emasligini ma'lum qilgan.

Tyago Alkantara 2020 yildan beri Angliyada o'ynab kelmoqda. U joriy mavsum jarohat sababli atigi bittagina uchrashuvda maydonga tushgan. 33 yoshli futbolchi Liverpuldan tashqari Bavariya va Barselona klublarida ham faoliyat olib borgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com