Aleyks Vidal yanvarda "Barselona"ni tark etishi mumkin

Aslanov Jasurbek
19 sen 2016, 13:45
"Barselona" himoyachisi Aleyks Vidal o'zining klubdagi holatidan norozi.

2015 yilda ko'k-anorranglilar safiga qo'shilgan Vidal, hozirgacha jamoaning bor-yo'g'i 16 ta uchrashuvida ishtirok etdi.

Vidal "Seltik"ka qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvining qaydnomasiga kiritilmadi, shu bilan birga "Leganes"ga qarshi bahsni o'tkazib yubordi. Joriy mavsumda u La Liganing 1 ta uchrashuvida ishtirok etdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 27 yoshli himoyachi yanvarda jamoani tark etadi. Uning xizmatlariga "Inter" va "Napoli" qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es