"Sevilya" 17 mln. evroga sotgan futbolchisini 10 mln. evroga qaytarib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
27 dek 2017
"Barselona" himoyachisi Aleyks Vidal sobiq jamoasi "Sevilya"ga qaytishi mumkin.

Andalusiyaliklar 25 yoshli futbolchi uchun kurashda yetakchi hisoblanishadi. Transfer 10 mln. evroga amalga oshishi mumkin.

Futbolchi uchun kurashda "Sevilya"ga "Atletiko" va "Valensiya" raqobatchilik qilishi mumkin. Vidalning universalligi tufayli ko'plab klublar unga qiziqish bildirmoqda.

"Barselona" 2015 yilning yozida Vidal uchun "Sevilya"ga 17 mln. evro to'lagan edi. Futbolchi va klub o'rtasidagi bitim 2020 yilda yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ABC de Sevilla