

Bu haqda klub direktori Robert Fernandes ma'lum qildi.
"Biz bu yo'nalishda ishlab, boshqa futbolchi xarid qilmaymiz" - deydi Fernandes.
Vidal "Alaves"ga qarshi (6:0) LaLiganing 22-tur bahsida jarohat olib, 5 oyga safdan chiqqan edi. LaLiga qoidalariga ko'ra, jarohat jiddiyligi tufayli "Barselona" milliy chempionatdan yoki ayni damda jamoasiz bo'lgan har qanday futbolchini o'z safiga qo'shib olishi mumkin.



