"Barselona" o'z himoyachisini sotib yubormoqchi

Aslanov Jasurbek
23 may 2017, 14:47
"Barselona" himoyachisi Aleyks Vidal yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Futbolchi 2015 yil "Sevilya"dan 17 mln. evro evaziga xarid qilingan edi.

"Barselona" rahbariyati 10 mln. evrodan boshlangan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. 27 yoshli Vidalning xizmatlariga "Milan" va "Inter" qiziqish bildirmoqda. Ispaniyada himoyachini "Sevilya" va "Valensiya" o'z safida ko'rmoqchi.

Aleyks Vidalning "Barselona" bilan shartnomasi 2020 yilning yozigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es