Aleksandar Yankovich: "O'zbekistonga qarshi o'ynash biz uchun foyda keltiradi"

Omonjon To`xtamirzayev
16 okt 2023, 10:55
Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandar Yankovich ishtirokida O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik o'yini oldidan matbuot anjumani o'tkazildi.

"Qariyb bir haftadan beri mashg'ulot o'tkazyapmiz. Oxirgi o'yinni tahlil qildik. Biz bundan ham kuchliroq bo'lishni maqsad qilganmiz. Albatta, bo'lajak uchrashuvda g'alaba qozonishga umid qilamiz. 

Hech bir jamoa faqat bitta tarkib bilan o'ynamaydi, kamida ikkita asosiy tarkibni muvofiqlashtirish kerak, shunda ular ham bir tempda o'ynay oladi. Biz ham ikki xil tarkib shakllantiryapmiz. O'yinda uch markaziy himoyachi yoki to'rtta himoyachidan foydalanish vaziyatga qarab amalga oshiriladi.

Har bir jamoaning o'ziga xos xususiyatlari va zaif tomonlari bor. Ayni paytda O'zbekiston singari raqib bilan bellashish biz uchun juda foydali bo'ladi", - dedi serbiyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Dalyan shahrida o'tkaziladigan Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuv soat 16:35 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia