Aleksandar Stanisavlevich: "Neftchi"dan ko'proq vaziyat yaratdik, g'alaba qozonishimiz kerak edi"

Sherzod Nurmatov
22 apr 2023, 14:47
"Buxoro"ning serbiyalik legioneri Aleksandar Stanisavlevich "Neftchi" (2:2) bilan uchrashuvda jamoasining ikki goliga mualliflik qildi.

Mazkur o'yindan so'ng uning fikrlarini tingladik. 

"Jamoadagi barchaning mehnati bu. Lekin o'yinni tomosha qilganlarning barchasi biz ko'proq imkoniyatlar yaratganimizni, gol urish uchun xavfli vaziyatlar etarli bo'lganini va g'alaba qozonishimiz kerakligini ko'rdi", – deydi Aleksandar Stanisavlevich. 

- Fuzaylov va Bakaev ikki xil uslubdagi murabbiylar hisoblanadi. Qaysi biri bilan ishlash ko'proq qiziqarli bo'lyapti?

- To'g'ri aytdingiz. Bir-biridan farq qiladigan murabbiylar. Biroq men uchun hammasi bir. 

- Penalti bormidi?

- Muhimi penalti qo'yildi va men gol urdim. Bor gap shu. 

- O'tgan yili mavsumning eng yaxshi assistenti bo'lgan edingiz. Mavsum siz va jamoangiz uchun muvaffaqiyatli boshlanmadi. So'nggi turlarga e'tibor bersak, o'zingizni qaytadan ko'rsatishni boshladingizmi?

- Men doim o'zimga ishonaman. Bir muncha vaqtdan so'ng hammasi yaxshi bo'lishini bilgandim.

Abdulaziz Iskandarov

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia