Alaba: "Levandovskini Obameyyang bilan solishtirib bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
7 apr 2017, 12:12
"Bavariya" himoyachisi David Alabaning fikricha, myunxenliklar hujumchisi Robert Levandovskini Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Per-Emerik Obameyyang bilan solishtirish noto'g'ri.

Bu jamoalar Bundesliganing 28-turida o'zaro bahs o'tkazishadi.

"Ikkisi ham darvoza qarshisida juda xavfli. Ammo Levandovskini Obameyyang bilan solishtirib bo'lmaydi. Bu bahsda biz o'z o'yinimizga e'tibor qaratamiz. Men jahonning eng sekin futbolchilaridan biri emasman, ammo Obameyyang yanada tezroq" - deydi Alaba.

"Bavariya" hamda "Borussiya" o'rtasidagi uchrashuv 8 aprel kuni "Alyans Arena"da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport1