Alaba "Chelsi"da yiliga 23 mln evro ishlamoqchi, klub futbolchiga bunday mablag'ni to'lashga tayyor emas

Alisher
9 fev 2021, 08:23
Mavsum so'nggida "Bavariya" bilan shartnomasi yakunlanadigan David Alaba "Chelsi" bilan kelisha olmayapti.

Avstriyalik futbolchi London klubida yiliga 23 million evro atrofida maosh olishni xohlamoqda. "Chelsi" esa bunday pulni to'lashga tayyor emas.

London klubi Alaba talablarini tushirsa, u bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Futbolchining o'zi faoliyatini La Ligada davom ettirishni xohlamoqda. Himoyachi joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph