“Al Ittifoq” Xendersonning o'rniga APLdan futbolchi topdi

Khoja
21 yanv 2024, 10:18
“Al Ittifoq” Jordan Xenderson jamoani tark etganidan so'ng o'rniga boshqa futbolchini olib kelmoqchi.

Saudiyaliklar “Everton” yarim himoyachisi Abdulay Dukureni sotib olmoqchi. “Al Ittifoq” vakillari allaqachon futbolchining agentlari bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.

“Everton” qishda futbolchisi bilan xayrlashmoqchi emas, biroq ingliz jamoasining hozirgi kundagi qiyin moliyaviy ahvoli sababli Dukere qishda Saudiyaga ko'chib o'tish ehtimoli yuqori.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru