Ahmedov: “Menimcha, bizga xalqaro tajriba yetishmadi”

Narzulla Saydullayev
19 sen 2014, 07:55
“Krasnodar” yarim himoyachisi Odil Ahmedov Yevropa Ligasi doirasidagi “Lill” klubiga qarshi o'tkazilgan o'yin (1:1) haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Albatta, g'alaba qozonishimiz uchun yaxshigina imkoniyat yuzaga kelgandi. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Yaxshi o'yin namoyish etdik ham. Qolgan uchrashuvlarda ham xuddi bugungidek harakat qilishimiz lozim.

Lekin durang ham yomon natija emas. Boz ustiga safarda o'ynadik. Afsuski, ikkinchi bo'limda darvozani ishg'ol qila olmadim. O'zim istagandek zarba bera olmadim. Darvozabon to'pni qaysi burchakka tepishimni topdi.

Darvozagacha 5 metr qolgandi. Men zarba berish, u esa uni bartaraf etish haqida o'ylayotgandi. Bu yerda men o'zimni aybdor deb xisoblayman. Keyin Enema ham qutqardi. Menimcha, bugun bizga xalqaro tajriba yetishmadi”, - dedi Ahmedov “R-Sport”ga bergan intervyusida.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com