Aguero JCH-2018dan so'ng ilk marotaba Argentina terma jamoasiga chaqiriladi

Aslanov Jasurbek
15 may 2019, 10:46
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero Argentina terma jamoasining Amerika Kubogi-2019 uchun kengaytirilgan tarkibidan joy oladi.

Forvard Rossiyadagi JCH-2018dan so'ng milliy jamoaga chaqirilmagan edi. Argentina terma jamoasi mundialning 1/8 final bosqichida Fransiyaga 3:4 hisobida mag'lub bo'lib, turnirni tark etgandi. Futbolchining joriy mavsumdagi mahsuldorligi (46ta o'yinda 32ta gol) murabbiylar qaroriga ta’sir ko'rsatgan.

Bugun, 15 may kuni Argentina futbol assotsiatsiyasi 40 kishilik tarkibni e'lon qiladi. Ikki haftadan so'ng yakuniy tarkib taqdim etiladi. Ro'yxatda Lionel Messi va Anxel di Mariya ham bo'lishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Amerika Kubogi 14 iyundan 7 iyulgacha Braziliya maydonlarida bo'lib o'tadi. Argentina terma jamoasi guruh bosqichida Kolumbiya, Paragvay va Qatar bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Reuters