

"Jamoamiz yozgi transfer oynasidagi oxirgi kelishuvga erishdi.
Erkin agent maqomidagi tajribali futbolchi, Gruziya futboli yulduzlaridan biri - Giorgi Papava tayanch yarim himoyachi sanaladi.
AGMK futbol klubi Dinamo Tbilisi jamoasining ko'p yillik sardori - Giorgi Papava bilan yarim yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyatini Dinamo Tbilisida boshlagan, keyinchalik Kiprning Nea Salamina jamoasida o'ynagan va Gruziyada Dila Gori hamda Rustavi klublarida ham to'p tepgan Papava oxirgi 4 mavsumni Dinamo Tbilisida jamoa sardori sifatida o'tkazdi va 4 marotaba Gruziya chempionligiga erishib, 3 bor mamlakat kubogini qo'lga kiritgan. Giorgi Papava Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Konferenciyalar ligasida maydonga tushgan.
Papava faoliyati davomida 267 o'yin o'tkazgan va raqiblari darvozasiga 7 marotaba gol urgan.
Umid qilamizki, Giorgi AGMK bilan ham O'zbekiston Superligasida chempionlikni qo'lga kiritadi.
AGMK ahil oilasiga xush kelibsan, Giorgi!" - deyiladi olmaliqliklar xabarida.



