Aggerning agenti: Barselona Danielga taklif bilan chiqdi, ammo Liverpul uni rad qildi

Tolibjon Qosimov
12 avg 2013, 12:14
Liverpul himoyachisi Danielya Aggerga Barselona tomonidan taklif bo'lganini uning agenti Per Steffensen tasdiqladi.
Barselona Daniel borasida taklif bilan chiqdi, Liverpul uni rad etdi.

Danielning "mersisaydliklar" bilan yana uch yillik shartnomasi bor, shu bois klublar transfer summasini kelishib olishlari lozim, – deydi agent.

O'tgan hafta Liverpul 28 yoshli futbolchini 17 million evroga sotishni istamadi, Kataloniya klubi esa taklifni oshirmoqchi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru