Agent: "Reynada boshqa klublardan taklif yo'q, u bor e'tiborini "Napoli"ga qaratgan"

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2017, 15:49
"Napoli" posboni Pepe Reyna boshqa klublardan taklif olmagan.

Bu haqda uning agenti Manuel Garsiya Kilon ma'lum qildi.

"Bizda boshqa klublardan takliflar yo'q, chunki bor e'tiborimiz "Napoli"ga qaratilgan. Yangiliklarni kutyapmiz, ular tez orada paydo bo'lishi mumkin" - deydi agent.

34 yoshli posboni so'nggi mavsum A Seriyaning 37 ta uchrashuvida maydonga tushib, 38 ta gol o'tkazib yubordi. Reyna va "Napoli" o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozigacha belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mattino