Agarda Enrike "Arsenal"ga bormaydigan bo'lsa, jamoadagilar 3 murabbiy bilan muzokara boshlaydi

Mirjalol Normatov
26 apr 2018, 19:51
"Arsenal" rahbariyati ushbu mavsumdan keyin jamoani tark etadigan Arsen Vengerning o'rniga Luis Enrikeni bosh murabbiy qilib olib kelmoqchi.

"Le10Sport" nashri xabariga ko'ra, agarda "kanonirlar" ispaniyalik bilan kelisha olishmasa, yana 3 nomzod bilan muzokara olib boradi. Ayni damda London jamoasi Patrik Vieyra ("Nyu-York Siti"), Leonardu Jardim ("Monako") va Karlo Anchelotti (jamoasiz) kabi murabbiylarni nishonga olgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le 10 Sport