Agar Totti "Roma" bilan shartnoma uzaytirsa, Spaletti klubni tark etadi

Aslanov Jasurbek
19 apr 2016, 15:49
Agar "Roma" hujumchisi Franchesko Totti klub bilan shartnomasini uzaytirsa, jamoa bosh murabbiyi Luchano Spaletti iste'foga chiqadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bu haqda mutaxassisning o'zi rimliklar rahbariyati bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

Spalettining amaldagi shartnomasi 2017 yilning yozigacha belgilangan, ammo mutaxassisning jamoa sardori Totti bilan munosabatlari taranglashgan va murabbiy u bilan ishlamoqchi emas. Oldinroq "Atalanta"ga qarshi bahsdan so'ng (3:3) Spaletti va Totti o'rtasida janjal kelib chiqqani va bu dahanaki jangga aylanib ketishigi bir bahya qolgani e'lon qilingan edi. "Roma" rahbarlari tomonlarni yarashtirib qo'ymoqchi, aks holda jamoa Spaletti yoki Totti bilan xayrlashishiga to'g'ri keladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Roma Radio