Agar "Barselona" Messining moliyaviy talablarini bajarmasi argentinalik jamoani tark etadi

Aslanov Jasurbek
22 dek 2016, 12:43
"Barselona" Lionel Messini saqlab qolish uchun biroz ter to'kishiga to'g'ri keladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Messi futbolchi do'stlaridan biriga agar "Barselona" unga o'z talab qilganidek pul to'lamasa, Xitoy klubiga o'tishini aytdi. Ispaniyadagilar bu gap "Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregasga aytilganini taxmin qilishdi.

Oldinroq "Xebey Chayna Forchun" Messiga yillik maoshi 100 mln. evro bo'lgan 5 yillik shartnoma taklif qilgan edi. Messi va "Barselona" o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Estudio Estadio