Afrika Millatlar Kubogi-2019. Jazoir 29 yillik tanaffusdan so'ng, yana bosh sovrin egasiga aylandi

Eldor Akmurzayev
20 iyul 2019, 01:50
Misrdagi qita birinchiligining hal qiluvchi bahsida Jazoir vakillari Senegalga qarshi to'qnash keldi.

Uchrashuvdagi yagona gol 2 daqiqadayoq Jazoir forvardi Bog'dod Buneja tomonidan urildi va mazkur aniq zarba Jamol Belmadi shogirdlariga musobaqa bosh sovrinini keltirdi. Jazoir o'z tarixida 2 martoba ushbu titulga ega chiqdi. 

Avvalroq, ular 1990 yildagi qita birinchiligida zafar quchishgandi. Senegal esa 2 bora finalga (birinchisi 2002 yil) chiqib, yana kumush medallar bilan cheklanadigan bo'lishdi.  


Senegal – Aljir 0:1 (0:1, 0:0)

Cairo International Stadium

Gol: 0:1 – 2 Buneja.

Senegal – Gomis, Gassama, Sane, Sabali, Kuyate, Ndiaye (Diatta, 59), Seve (Diane, 75), Sarr, Guye, Mane, Nyang (Keyta Balde, 85).

Jazoir – Mboli, Zeffan, Bensebayni, Mandi, Benlamri, Mahrez, Gediura, Feguli (Taxrat, 85), Bennaser, Belaili (Braimi, 84), Buneja (Slimani, 89).

Ogohlantirishlar: Bensebayni (33), Belaili (54), Guye (79), Gassama (80), Mandi (90), Gediura (90).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia