Adan Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisiga aylandi – u "Arsenal"ni to'xtatgandi

Sherzod Nurmatov
18 mar 2023, 11:04
UEFA Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlangan ovoz berish natijalarini e'lon qildi.

G'olib "Sporting" vakili Antonio Adan bo'ldi. Ispaniyalik darvozabon "Arsenal"ga qarshi bahsda 7 ta seyvni amalga oshirdi va penaltilar seriyasida Martinellining zarbasini qaytardi, bu esa "Lissabon burgutlari"ga sensacion tarzda "kanonirlar"ni turnirdan chiqarib yuborish imkonini berdi.

"Manchester Yunayted"dan Kazemiro, "Yunion"dan Jan-Terri Lazar va "Feyenoord"dan Orkun Kokju ham sovringa da'vogarlik qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com