“Atletiko” kiperi erkin agent sifatida "Sporting"ga o'tdi

Eldor Akmurzayev
20 avg 2020, 21:45
Lissabonliklar Antonio Adan bilan kelishuvga erishdi.

33 yoshli kiper “Atletiko” bilan shartnomasi tugagach erkin agentga aylandi va “Sporting” bilan 2 yillik bitim tuzdi. Barchasi ijobiy kechsa kelishuv yana uzaytiriladi.

Adan “Real” tarbiyalanuvchi hisoblanadi. Oxirgi ikki mavsumni esa u “matraschilar” libosida o'tkazgandi. U “Atletiko” safida 7 o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 8 ta to'p o'tkazib yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Sporting_CP