Rasman: "Atletiko" Antonio Adan bilan xayrlashdi

Alisher
20 avg 2020, 18:27
"Atletiko" darvozaboni Antonio Adan klubni tark etdi.

Klub matbuot xizmati 33 yoshli ispaniyalik futbolchi klubni tark etganligini e'lon qildi.

Adan "Atletiko"ga 2018 yilning yozida o'tgan edi. U jamoa tarkibida 7ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 8ta to'p olib chiqdi.

Eslatib o'tamiz, Adan bundan oldin "Real", "Kalyari" va "Betis" klublarida to'p tepgan.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com