

Minskliklar safida Bobir Abdixoliqov raqib darvozasini ishg'ol etib, musobaqa ushbu mavsumidagi gollari sonini 26 taga etkazib oldi. U bir mavsum davomida Belarus yuqori divizionida eng ko'p gol urgan legionerga aylandi. 25 yoshli forvard 2001 yil “Neman” safida 25 ta to'p kiritgan rossiyalik Sergey Davidovning rekordini yangilashga erishdi.
Umuman olganda esa mavsum davomida gol urish bo'yicha mutlaq rekord Andrey Xlebosolov (1996 yil qayd etilgan, "Belshina", Belarus)ga tegishli – 34 gol. Undan keyingi o'rinlarda Roman Vasilyuk (2000, "Slaviya", Belarus – 31 ta) va Abdixoliqov bormoqda.



