Alonso Vinisiusning nojoiz xatti-harakatlariga munosabat bildirdi

Sherzod Nurmatov
27 okt 2025
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Barselona" ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g'alabadan keyin Vinisiusning o'zgarish vaqtidagi ishi haqida fikr bildirdi.

Braziliyalik futbolchi o'zining almashtirilganidan g'azablandi, murabbiyga qo'l bermasdan, tribunaostiga yo'l oldi va keyinroq qaytib chiqdi. 

"Men bu lahzaga to'xtalib o'tirishni istamayman. Bu jamoa ichida muhokama qilinadigan narsa. Vinisius natijaga katta hissa qo'shdi. G'alaba haqli ravishda qo'lga kiritildi. Bizda boshqa imkoniyatlar ham bor edi va penalti ham. Biz o'zimizni yana raqobatbardosh jamoadek his etdik.

Uning harakatlarini albatta muhokama qilib olamiz... buni birga-bir holatda amalga oshiramiz", – dedi Xabi Alonso uchrashuvdan keyingi intervyusida.

"Real" ayni paytda La Ligada ikkinchi o'rindagi "Barselona"dan besh ochko oldinda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com