

Championat.asia saytining xorijiy manbalarga tayanib xabar berishicha, O'FA terma jamoaga Fotih Terimni bosh murabbiy qilib tayinlamoqchi. 71 yoshli mutaxassis Markaziy Osiyo mamlakatidan kelgan taklifni ko'rib chiqish uchun vaqt so'ragan.

2008 va 2016 yilgi Yevropa chempionatlarida Turkiya terma jamoasida ishlagan, "Galatasaroy" bilan UEFA kubogini qo'lga kiritgan, Italiyada "Fiorentina" va "Milan," Gretsiyada "Panatinaikos" kabi jamoalarni boshqargan 71 yoshli murabbiy shu paytgacha hech qachon jahon chempionatida ishtirok etmagan.
Terimning taklifni qabul qilish-qilmasligi yaqin vaqt ichida aniq bo'ladi. Hozircha hech qanday raqam yoki muddat haqida gap yo'q. Agar u rozi bo'lsa, darhol ishga kirishadi.
Eslatib o'tamiz, Fotih Terimning so'nggi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al Shabab" klubi hisoblanib, mutaxassis u yerda yarim yil ishladi.



