Abbos Fayzullaev Turkiyaga yo'l olishga yaqin

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2025
SSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev "Istanbul Bashakshehir" a'zosiga aylanishi mumkin.

Fayzullaev 7,5 million evro va bonuslar evaziga SSKAni tark etishga yaqin turibdi: turk klubi “armiyachilar” bilan faol muzokaralar olib bormoqda va Abbos uchun butun summani to'lashga tayyor.

SSKA Fayzullaevni atigi 0,5 million evroga sotib oldi, uning shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi.


O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi o'tgan mavsum SSKA tarkibida 39 o'yin o'tkazib, "3+8" natija qayd etgan.

Avvalroq "90minutuz" podkastida Abbos Fayzullaevning "Istanbul Bashakshehir"ga transferi masalasida Eldor Shomurodov fikr bildirgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Первий спорт