

Uchrashuvning 8-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Bobir Abdixoliqov hisobni ochdi. Bu gol Abdixoliqov uchun mavsumdagi birinchisi bo'ldi.
Shu tariqa, Bobir Abdixoliqov 1290 kundan (3 yil, 6 oy, 13 kun) so'ng O'zbekiston Superligasida gol urdi. So'nggi bor hujumchi 2020 yilning 20 noyabr sanasida "So'g'diyona"ga gol urgandi.




