"Yuventus" Grinvudga qiziqib qolgan

Sherzod Nurmatov
25 mar 2024, 15:35
Turinliklar Meyson Grinvud transferini ko'rib chiqmoqda.

Italiyaning "Yuventus" klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi Meyson Grinvudga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Xabarlarga ko'ra, turinliklar "qizil iblislar" bilan shartnomasi kelasi yil yozida tugaydigan 22 yoshli Grinvudning transferini amalga oshirmoqchi.

Grinvud ijara asosida Ispaniyaning "Xetafe" jamoasida to'p tepmoqda. U ushbu mavsum 27 ta o'yinda qatnashib, 8 ta to'p kiritdi va 5 ta golga pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano