O'tgan mavsum "Nasaf" sharafini himoya qilgan futbolchi "Paxtakor"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2023, 00:35
Yakunlangan mavsumda "Nasaf" sharafini himoya qilib, klub bilan O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan Dilshod Saitov faoliyatini boshqa klubda davom ettiradigan bo'ldi.

Saitov "Paxtakor" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klubning Telegram kanalida e'lon qilindi.

"Tez orada 24 yoshga to'ladigan himoyachi hozirga qadar "Nasaf" sharafini himoya qilgan. Superligada 106 o'yinda 11 gol muallifi bo'lgan. Chempionlar Ligasida 14 bahsda maydonga tushgan. Futbolchi va klub o'rtasida uch yillik shartnomaga imzo chekildi. U erkin agent sifatida jamoamizga ko'chib o'tdi" - deyiladi "Paxtakor" e'lon qilgan xabarda.

Oldinroq saytimizda "Paxtakor" Papava hamda "Nasaf" himoyachisi bilan shartnoma tuzgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia