

Bahsning 12-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Dilshod Saitov jarohati bois almashtirildi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Saitovning oyoq suyagi singan (rasmdagi qizil joy) va gisp qo'yilgan. Shifokorlarning ma'lum qilishicha, Saitov maydonga qaytishi uchun 6-7 hafta kerak bo'ladi. Futbolchi bu mavsum boshqa maydonga tushmasligi deyarli aniq.

Ushbu bahsning 75-daqiqasida mezbonlar chap qanot himoyachisi Sherzod Nasrullaev ham jarohat tufayli almashtirildi. Uning jarohati qay darajada jiddiy ekani ertaga ma'lum bo'ladi.



